Dastur haqida
Dastur raqamli lingvistika sohasida ikki yoki undan ortiq xorijiy tilda professional muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, yuqori malakali va raqobatbardosh magistrlarni tayyorlashga qaratilgan. Magistrlarning kasbiy faoliyati tillararo muloqot, lingvistika, yangi axborot texnologiyalari hamda ushbu sohalardagi ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan bog‘liq.
Mazkur tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha dasturni o‘zlashtirgan bitiruvchilarning kasbiy faoliyat obyektlariga raqamli lingvistika, tarjima (adabiy va yozma), ma’rifat, ta’lim tizimlari, gumanitar sohalardagi elektron texnologiyalar va ularning raqamli davrdagi rivojlanishi kiradi.