Dastur haqida
РУДНда «Xorijiy mintaqashunoslik» ta’lim dasturini quyidagi profillar bo‘yicha o‘rganishingiz mumkin:
• Yevroosiyo va O‘rta yer dengizi mintaqalari
• Xitoy va Arab Sharqi
• Iberoamerika
Xorijiy mintaqashunoslik bo‘yicha mutaxassis tegishli mintaqa mamlakatlarining tarixi, geografiyasi, iqtisodiyoti, siyosati, ijtimoiy munosabatlari va madaniyati bo‘yicha ekspert bo‘lib, jahon diplomatiyasi doirasida voqealar rivojini tahlil qilish va prognozlash qobiliyatiga ega.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Bitiruvchilarga talab yuqori bo‘lib, ular European Medical Centre, «NK Rosneft» PJSC, Amerika madaniyat markazi kabi kompaniya va tashkilotlarda; davlat va munitsipal boshqaruv organlarida, xalqaro (jumladan, jamoat) tashkilotlarda, xorijiy davlatlar elchixonalarida, xalqaro arxivlarda, xalqaro nashriyotlarda, ommaviy axborot vositalarida, xalqaro faoliyat yurituvchi bank tuzilmalarida; mahalliy va xorijiy kompaniyalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, ular xalqaro yo‘naltirilgan o‘z bizneslarini tashkil etmoqda.