Dastur haqida
Dastur zamonaviy menejment va marketing sohasida mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular yuqori darajadagi tahliliy va boshqaruv faoliyatini amalga oshira oladi hamda zamonaviy biznes muhitining chaqiriqlariga javob beradi. Dastur asosini boshqaruv, marketing, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va bozor tahlili sohalaridagi fanlar tashkil etadi. Dastur tinglovchilari kompaniyani rivojlantirish va ilgari surishni boshqarish, shuningdek, mahsulotni bozorda boshqarish va ilgari surishda marketing texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Siz mutaxassisligingizga qarab turli lavozimlarda ishlashingiz mumkin. Loyiha boshqaruvi sohasida ta’limni tamomlaganingizdan so‘ng loyiha tashabbuslarini ishlab chiquvchi, loyiha jamoalari rahbari, operatsion faoliyat xizmati mutaxassisi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutaxassisi yoki marketing bo‘limi mutaxassisi bo‘lishingiz mumkin.
Marketing sohasida marketolog, marketolog-analitik yoki digital-marketolog sifatida faoliyat yuritishingiz mumkin. Shuningdek, menejer lavozimlariga da’vogarlik qilib, savdo bo‘yicha menejer, key account menejer, moliyaviy menejer, logistika menejeri, loyiha menejeri yoki risk-menejer bo‘lishingiz mumkin.