Dastur haqida
Ta’lim dasturi transport sohasida muhandislik va menejment tutashgan nuqtadagi fanlararo bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassislarni (bakalavrlarni) tayyorlashga mo‘ljallangan. Bitiruvchilar havo transporti hamda boshqa transport turlarining texnik va tijoriy ekspluatatsiyasini boshqarish bilan bog‘liq vazifalarni hal qila oladi, shuningdek, logistika tamoyillariga muvofiq turli transport turlarining oqilona o‘zaro hamkorligini tashkil eta oladi.








