Dastur haqida
Dastur boshqaruv sohasida karyera qurayotganlar uchun ishlab chiqilgan. Dastur samarali boshqaruv uchun zarur qobiliyat va ko‘nikmalarni, boshqaruvning turli texnologiyalaridan foydalanishni, shuningdek, dinamik tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga moslashuvchan yondashuvlarni shakllantirishga qaratilgan. U korxona faoliyati strategiyasini ishlab chiqish, tashkilotning bozordagi mavqeini saqlab qolish va rivojlantirish, biznesni rejalashtirish hamda biznes jarayonlarini boshqarish, shuningdek, o‘z biznesini yaratishga yo‘naltirilgan.








