Dastur haqida
Raqamli iqtisodiyot biznesni o‘zgartirmoqda, kompaniyalarga esa raqamli transformatsiyalarni boshqarish, sun’iy intellekt, Big Data, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va bulutli texnologiyalarni joriy eta oladigan yetakchilar kerak. «Raqamli biznesni boshqarish» dasturi raqamli transformatsiya strategiyalarini ishlab chiqadigan, IT-loyihalarni boshqaradigan, innovatsion texnologiyalarni joriy etadigan va raqamli biznes modellarini tahlil qiladigan mutaxassislarni tayyorlaydi. Bitiruvchilar raqamli platformalar, e-commerce, FinTech, MarTech va Industry 4.0 yo‘nalishlarini samarali boshqara oladilar.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Dastur bitiruvchilariga IT kompaniyalari, raqamli startaplar, raqamli transformatsiya bilan shug‘ullanuvchi korporatsiyalar, moliyaviy va sanoat xoldinglarida talab yuqori. Ular raqamli platformalarni ishlab chiqish, jarayonlarni avtomatlashtirish, innovatsiyalarni boshqarish va texnologik konsalting sohalarida faoliyat yuritishlari mumkin.
Bitiruvchilar egallashi mumkin bo‘lgan kasblar:
• Raqamli transformatsiya direktori (CDTO)
• Raqamli yechimlar bo‘yicha biznes-tahlilchi
• IT mahsulotlari va raqamli platformalar menejeri
• Raqamli transformatsiya bo‘yicha maslahatchi
• Biznesda sun’iy intellekt va prediktiv tahlil bo‘yicha mutaxassis