Dastur haqida
“Osiyo tadqiqotlari” dasturi bitiruvchilarining kasbiy tayyorgarligi zamonaviy xalqaro munosabatlar va jahon siyosati tizimida Xitoy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari tarixi va madaniyati, ichki va tashqi siyosati, mintaqaviy iqtisodiy munosabatlarini kompleks va tizimli o‘rganishga, shuningdek, ularning huquqiy va ijtimoiy tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari, demografik, lingvistik, diniy hamda boshqa hodisa va jarayonlarini tadqiq etishga yo‘naltirilgan. Dasturning maqsadi — xitoy tilini egallagan, ta’lim va pedagogik faoliyat asoslarini biladigan, Xitoy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarining siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa xususiyatlarini tahlil qila oladigan magistrlarni tayyorlash.










