
Shevchenko Inna Konstantinovna
Rektor
Aziz do‘stlar, barchangizni Janubiy federal universitetda qutlashdan mamnunman. Agar siz hozir shu yerda bo‘lsangiz, demak, oliy ta’limning qadri va ahamiyati haqida jiddiy o‘ylayapsiz. Bizda dunyoning 87 mamlakatidan talabalar tahsil oladi va ilmiy, ijodiy hamda jamoatchilik tashabbuslarini amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Sizni dunyoga ochiq va har bir talaba o‘zi tanlagan kasbda o‘z yo‘lini topishiga intiladigan universitetimizda kutamiz.
Universitet haqida
Janubiy federal universitet — Rossiyaning janubidagi eng yirik ilmiy-ta’lim markazi bo‘lib, o‘z tarixini 1915-yildan boshlaydi. Universitetning o‘ziga xosligi uning joylashuvida namoyon bo‘ladi. YuFU Rostov-Don va Taganrog shaharlarida joylashgan bo‘lib, bu universitet ko‘lami hamda hal etadigan vazifalarining keng doirasi bilan bog‘liq: universitetni yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yetakchi markaz sifatida shakllantirish; fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish; xalqaro tadqiqot va ta’lim tarmoqlariga qo‘shilish.
Biz raqamlardamiz
3 000
87 mamlakatdan kelgan xorijiy talabalar
159
Turli mamlakatlardagi hamkor universitetlar
194
Hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar
95
35 mamlakatdan professorlar va tadqiqotchilar
43
Biz hamkorlik qiladigan mamlakatlar
Universitet infratuzilmasi
Texnologik baza
Talabalar va ilmiy xodimlar xalqaro laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari hamda turli markazlarda, jumladan, Ilmiy sig‘imli asbobsozlik markazi, Asbobsozlik, radioelektronika va mikroelektronika muhandislik markazi hamda Janubiy federal universitetining Ilg‘or muhandislik maktabida ilmiy-ishlab chiqarish tadqiqotlarini olib boradilar.

Sayyohlik bazalari
Janubiy Federal Universitet (YuFU) talabalar va xodimlar uchun sport-sog‘lomlashtirish va o‘quv turizmi maskanlarida qo‘shimcha ta’lim dasturlari hamda sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etadi: “Taymazi” (Shimoliy Osetiya), “Limanchik” (Novorossiysk), “Vityaz” (Gelendjik), “Belaya Rechka” (Adigeya).

Amaliyot bazalari
YuFU talabalari amaliyot bazalarida, jumladan, Krasnaya Polyanadagi «Gazprom» kurorti, «Roza Xutor», «Abrau-Dyurso» kompaniyalar guruhi, Rossiya Fanlar akademiyasining Janubiy ilmiy markazi, YuFU botanika bog‘i, «Nedvigovka» o‘quv-tajriba xo‘jaligi, Sberbank, «IBS Dunice», «Neyrotekh», «Oggetto», «TUI/FUN&SUN» va boshqa tashkilotlarda o‘z kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin.

Kutubxona
Janubiy federal universitetining asosiy kutubxonasi Pushkinskaya ko‘chasidagi tarixiy saroyda joylashgan. Janubiy federal universiteti olimlari va professor-o‘qituvchilari Web of Science, Scopus, SciVal, SpringerLink to‘liq matnli ma’lumotlar bazalari hamda boshqa raqamli resurslardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega.

Talabalar kampusi
ЮФУ Ростов-на-Дону ва Таганрог шаҳарларида талабаларига қулай хонадон типидаги ётоқхоналарни тақдим этади. Ҳудудда спорт майдончалари, бассейн, кутубхона, ўқиш заллари ва кафе мавжуд. Талабалар кампуси видеокузатув камералари ва қўриқлаш хизмати билан жиҳозланган қўриқланадиган ҳудуд ҳисобланади.

Aloqalar
Sayt
Manzil
Rostov-na-Donu shahri, Bolshaya Sadovaya ko‘chasi, 105/42-bino, 344006
Telefon

Janubiy federal universitet (YuFU)
Janubiy federal universitet


















