Dastur haqida
Mazkur magistratura ta’lim dasturi davlat nazariyasi, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilish sohalarida chuqur bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali yuristlarni tayyorlashga qaratilgan. Talabalar davlat hokimiyatini huquq orqali cheklash mexanizmlari, huquqiy madaniyat, huquq falsafasi va fuqarolik jamiyati rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini chuqur o‘rganadilar. Bitiruvchilar davlat hokimiyati organlari, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va xalqaro tashkilotlarda ilmiy-tadqiqot, ekspert-tahliliy hamda inson huquqlarini himoya qilish faoliyatini muvaffaqiyatli olib borish uchun zarur bo‘lgan kompleks kompetensiyalarga ega bo‘ladilar.







