Dastur haqida
Mazkur magistratura ta’lim dasturi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga solish sohasida chuqur bilimlarga ega bo‘lgan yuqori malakali yuristlarni tayyorlashga qaratilgan. Talabalar shartnoma, korporativ, ashyoviy va majburiyat huquqining dolzarb masalalarini, shuningdek xususiy huquq qonunchiligining rivojlanishidagi eng yangi tendensiyalarni batafsil o‘rganadilar.







