Dastur haqida
Antropologiya va etnologiya:
● inson va uning ijtimoiy hayotini madaniy, etnik va diniy xilma-xillikdagi ko‘rinishlarida o‘rganuvchi fanlar majmuasidir;
● inson rivojlanishining fundamental muammolari, ijtimoiy tizimlarning evolyutsiyasi va faoliyat yuritishi, shuningdek, turli amaliy masalalarga yechim izlaydi.
Ta’lim dasturi ijtimoiy antropologiya, psixologiya, lingvistika va jismoniy antropologiya fanlarini o‘z ichiga oladi hamda kasbiy faoliyat vositasi sifatida ingliz tilini yuqori darajada egallashni ta’minlaydi. Mintaqaviy ixtisoslashuv doirasida talabalar ikkinchi kursdan boshlab o‘zlari tanlagan jahon mintaqalaridan birining tilini o‘rganadilar.








