Dastur haqida
Dastur sport jurnalistikasi sohasida keng turdagi kontent yaratish bo‘yicha malakali hamda media kommunikatsiyalarini professional darajada yo‘lga qo‘ya oladigan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Bitiruvchilar sport media bozori segmentining keng doirasida, korporativ medialarda va turli zamonaviy ixtisoslashtirilgan media platformalarida talabga ega. O‘rganiladigan fanlar qatoriga quyidagilar kiradi: Zamonaviy sport industriyasi, Sport media marketingi, Sport sharhlovchiligi, Sport reportaji texnologiyalari, Kibersport jurnalistikasi, Media sport, Sport korporativ medialari, Sport mediasi prodюserligi.








