Dastur haqida
Dasturdan ko‘zlangan maqsad — moliya sohasida fundamental bilimlarga ega bo‘lgan hamda iqtisodiyot, matematika va informatika yo‘nalishlarida kompetensiyalarga ega mutaxassislarni turli iqtisodiy jarayon va hodisalarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda modellashtirish uchun tayyorlash.
Fanlararo tayyorgarlik doirasida talabalar amaliy informatika chuqur o‘rganiladigan «Iqtisodiyot» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olishning noyob imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa kelgusida kasbiy faoliyat doirasini moliyaviy tahlildan tortib dasturlashgacha kengaytirish imkonini beradi. Bitiruvchilar biznes-jarayonlarni tadqiq etishning ma’lumotlarni yig‘ishdan tortib yakuniy natijalarni talqin qilish va ekspertlar darajasida taqdim etishgacha bo‘lgan to‘liq siklini amalga oshira oladilar.












