Dastur haqida
Ushbu ta’lim yo‘nalishi ikki kasbiy faoliyat sohasida — ta’lim va ilm-fan sohalarida — malakali mutaxassislar tayyorlashni nazarda tutadi. Bitiruvchilar asosiy filologik fanlar: zamonaviy rus tili, rus tili tarixi, rus adabiyoti tarixi, xorijiy adabiyot tarixi, tilshunoslik va adabiyotshunoslik metodologiyasi, rus tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tadilar; tanlov fanlarini o‘zlashtirish jarayonida zamonaviy filologiyaning dolzarb masalalarini chuqur o‘rganadilar; kasbiy-pedagogik, metodik, ilmiy-tadqiqot hamda madaniy-ma’rifiy faoliyat sohalarida zarur ko‘nikma va malakalarni egallaydilar.











