Dastur haqida
“Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit” profili barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarda, konsalting va auditorlik firmalarida, banklarda, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarida ishlash uchun buxgalteriya hisobi, amaliy iqtisodiy tahlil va audit sohasida yuqori malakali rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Bitiruvchilar turli sohalar va mulkchilik shaklidagi tashkilotlarning iqtisodiy, moliyaviy, ishlab chiqarish-iqtisodiy, taftish, tahliliy va buxgalteriya xizmatlarida, auditorlik kompaniyalarida, moliyaviy, kredit va sug‘urta muassasalarida, davlat va munitsipal hokimiyat organlarida, akademik va idoraviy ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida, oliy va o‘rta kasbiy ta’lim muassasalarida ishlaydi.