Dastur haqida
Resurslar va xo‘jalik jarayonlarini boshqarish – tizimlar iqtisodiyotining ajralmas qismi bo‘lib, bu turli biznes sohalaridagi kompaniyalar uchun boshqaruvchi mutaxassislarni tayyorlashning doimiy dolzarbligini belgilaydi. Tayyorgarlik ikki ta'lim dasturi – "Marketing va innovatsion loyihalarni boshqarish" va "Moliya va investitsiya menejmenti" bo‘yicha olib boriladi. Asosiy iqtisodiy ta'lim menejmentning barcha funksional sohalari, jumladan marketing, loyihalarni boshqarish, logistika, moliyaviy menejment, xodimlar boshqaruvi, investitsiyalar boshqaruvi, intellektual kapital boshqaruvi va internet-marketing bo'yicha boshqaruv fanlari to'plami bilan uyg'unlashadi.








