Dastur haqida
Ta’lim dasturi Sharqiy Osiyo mamlakatlari, avvalo Xitoy bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi. Sharqiy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqashunoslarni tayyorlash ixtisoslashuv mintaqasining tili — xitoy tili hamda xalqaro muloqot tili — ingliz tilini professional darajada bilishni nazarda tutadi. Yo‘nalish bitiruvchilari nafaqat xorijiy tillar bo‘yicha fundamental bilimlarga, balki Sharqiy Osiyo mamlakatlari mintaqasining tarixi, geografiyasi, ichki va tashqi siyosati, iqtisodiyoti, demografiyasi, madaniyati, huquqi, shuningdek, turli aholi guruhlari va turli konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha keng bilimlarga ega bo‘ladilar.





