Dastur haqida
“Xalqaro munosabatlar” dasturi ikki chet tilini (ingliz va nemis/fransuz/ispan tillari), shuningdek, tanlov fanlari doirasida uchinchi chet tilini, xalqaro munosabatlar nazariyasi va tarixini, jahon iqtisodiyotini, madaniyatlararo muloqotni, diplomatiya va diplomatik protokolni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Dastur doirasida bir qator kasbiy fanlar ingliz tilida o‘qitiladi. Talabalar hamkor universitetlarda uzoq muddatli xorijiy stajirovkalardan o‘tish, ko‘p madaniyatli va ko‘p tilli ta’lim muhitida tahsil olish, xalqaro aloqalar bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari, biznes tuzilmalari va nodavlat tashkilotlarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.





