Dastur haqida
Dastur ingliz tilini biladigan va jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan jarayonlar haqida chuqur bilim olishni istagan maktab bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan. Dastur bitiruvchilari — jahon iqtisodiyoti, mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot, globallashuv, iqtisodiy barqarorlik, o‘sish va rivojlanish, menejment sohalarida bilimga ega, iqtisodiy sohadagi xalqaro tajriba va turli mamlakatlarning davlat siyosati, xalqaro savdo va moliya bo‘yicha bilimli, shuningdek ingliz tilini professional darajada biladigan yuqori malakali mutaxassislardir.










