Dastur haqida
Dastur amaliy informatika magistrlarini tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, ular loyiha, ilmiy va pedagogik faoliyat olib borishga qodir, biznes yuritishning zamonaviy internet texnologiyalarini, veb-ilovalar yaratish usullarini hamda sun’iy intellektning raqamli vositalarini biladilar. Magistrantlar sun’iy intellektning vositalari va usullari bo‘yicha chuqur bilim, kompaniyalarning biznes-modellari va biznes-jarayonlarini o‘rganish, saytlar yaratish va targ‘ib qilish bilan bog‘liq IT-loyihalar hamda veb-ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, va boshq.









