Dastur haqida
“Qarorlar qabul qilish sohasida amaliy informatika” dasturi doirasida axborot jarayonlari modellarini ishlab chiqish va ularni boshqarish mexanizmlari, axborot tizimlarini ishlab chiqish, joriy etish va ulardan foydalanish texnologiyalari, gibrid intellektual axborot tizimlarini ishlab chiqish hamda neyron tarmoq texnologiyalari o‘rganiladi. Dastur axborot jarayonlari modellarini ishlab chiqish, intellektual axborot tizimlarini yaratish va boshqaruv hamda muhandislik qarorlarini qo‘llab-quvvatlash uchun neyron tarmoq texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi.












