Dastur haqida
«Kimyoviy texnologiya» bazaviy oliy ta’lim yo‘nalishi kimyoviy moddalardan zarur xossalarga ega tayyor material olishni biladigan mutaxassislarni tayyorlaydi. Talabalar yengil va mustahkam kompozitlarni sintez qilishni, aniq vazifalar uchun polimer va organik mahsulotlarni ishlab chiqishni, shuningdek, batareyalar va elektroximiyaviy qurilmalar uchun komponentlarni — elektromobillar akkumulyatorlaridan tortib yoqilg‘i elementlarigacha — loyihalashni o‘rganadilar.









