Dastur haqida
Texnologik taraqqiyot innovatsion uskunalarni qo‘llash va joriy etishga asoslanadi. Bu esa ilm talab qiladigan ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtirish va ularning tannarxini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradi. «Texnologik mashinalar va uskunalar» ta’lim yo‘nalishi texnologik jarayonlarni optimallashtirish, xavfsizlik va ekologik talablarni hisobga olgan holda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etishga qodir mutaxassislarni tayyorlaydi.











