Dastur haqida
Texnologik mashinalar va uskunalar konchilik sohasida muhim rol o‘ynaydi. Ular qazib olish jarayonini tezlashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va xodimlar xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi. Ushbu yo‘nalish talabalari kon mashinalari va sanoat uskunalarining yuqori ishonchliligi hamda uzoq xizmat muddatini ta’minlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash muddatlarini qisqartirish, shuningdek, butun hayotiy sikli davomida ularning samaradorligi va xavfsizligini oshirish bilan bog‘liq vazifalarni hal etishni o‘rganadilar. Dastur bitiruvchilari zamonaviy konchilik va transport uskunalarini, shuningdek, shahar inshootlarini qurishga mo‘ljallangan uskunalarni tadqiq etish, loyihalash va konstruksiyalash uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.











