Dastur haqida
«San’at va gumanitar fanlar» bakalavriat dasturining asosiy maqsadi madaniyat sohasidagi eng yangi yo‘nalishlar hamda zamonaviy madaniy siyosatni yaxshi biladigan madaniyat sohasi menejerlarini tayyorlashdan iborat. Amaliy kulturologiya muammolariga, jumladan, madaniyat va san’at yodgorliklarini tahlil qilish va talqin etish, muzeyshunoslik, ekskursiya faoliyati, ijtimoiy-madaniy loyihalashtirish, shou-biznes nazariyasi va amaliyoti, madaniyat sohasidagi menejment, brend-menejment, zamonaviy san’at sohasidagi kuratorlik faoliyati va boshqa yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi.












