Dastur haqida
«Televideniye» bakalavriat dasturi talabalarni televideniye va raqamli media industriyasida ishlashga tayyorlaydi. Ta’lim jarayonida talabalar teledastur kontentini yaratishning to‘liq siklini: g‘oya ishlab chiqish va ssenariy yozishdan tortib, tasvirga olish, montaj qilish va efirga uzatishgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘zlashtiradilar. Bu ko‘p yo‘nalishli dastur bitiruvchilarni ko‘ngilochar yoki axborot telekanallarida ishlash, jurnalistik surishtiruvlar olib borish hamda jiddiy hujjatli loyihalar yaratishga tayyorlaydi.
Bitiruvchilar kim bo'lib ishlaydi?
Dasturni o‘zlashtirgan bitiruvchilar televideniyening turli lavozimlarida — boshlovchi, muxbir, prodyuser, muharrir va boshqa lavozimlarda, shuningdek, kreativ industriyada, PR kompaniyalarida, reklama agentliklari va prodakshn-studiyalarida ishlashga tayyor bo‘ladilar. Ushbu dasturda ta’lim olish davomida egallangan ko‘nikmalar tufayli bitiruvchilar efir, sun’iy yo‘ldosh yoki raqamli internet kanallarida ishlashlari, shuningdek, axborot, taqdimot va marketing maqsadlari uchun turli formatdagi videokontent yaratishlari mumkin.