Dastur haqida
Dasturdan ko‘zlangan maqsad quyidagi sohalarda kompetensiyaga ega mutaxassislarni tayyorlashdan iborat: - zamonaviy konstruksion va funksional noorganik (metall va nometall), shuningdek organik (polimer va uglerod asosidagi) materiallarning asosiy turlari; kompozitlar, gibrid materiallar; aqlli materiallar va nanomateriallar, plyonkalar hamda qoplamalar;
- sinov va diagnostika, tadqiqot hamda nazorat usullari va vositalari;
- natijalarni qayta ishlash va olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, materiallarning xatti-harakatini modellashtirish, ularning ekspluatatsion xususiyatlarini baholash va prognoz qilish uchun kompyuter dasturiy ta’minoti;
- materiallar va qoplamalar, detallar va buyumlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda modifikatsiya qilish texnologik jarayonlari.












