Dastur haqida
Dastur innovatsiyalar yaratish bo‘yicha g‘oyalarni ilgari surish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, ular asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi foydali mahsulot yaratish yoki texnologiyani keng miqyosda joriy etishga qodir yangi avlod menejerlarini tayyorlashga qaratilgan. Ular o‘z biznesida (startapda) ham, tashkilotda ham mahsulotni yaratish, ishga tushirish va ishlab chiqarishni boshqarib, boshqaruv jarayonlari hamda iqtisodiy faoliyat samaradorligini ta’minlay oladilar.












