Dastur haqida
Kema qurish, neft va gaz qazib olish, mashinasozlik, metallurgiya va boshqa sanoat tarmoqlarida eng yangi texnologiyalarni qo‘llay oladigan, payvandlash va payvandlangan konstruksiyalar ishlab chiqarish sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash. Dasturning asosiy vazifasi ta’lim oluvchilarda payvandlash, unga turdosh jarayonlar va texnologiyalar sohasidagi har qanday ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik yoki texnologik jarayonga samarali jalb etilish imkonini beradigan bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.












