Dastur haqida
Energiya ta'minoti tizimlarini ishlab chiqish, joriy etish va ularning ishlashini ta'minlash tizimini o'rganish, issiqlik massasi almashinuvi uskunalari namunalarini modernizatsiya qilish usullarini o'rganish, energetik tadqiqotlar o'tkazish, issiqlik texnologik uskunalarining ishlashi va ekspluatatsiyasini ta'minlash. Energetik komplekslarning turli elektrotexnik uskunalarini loyihalash, ishlab chiqish, dasturlash, o'rnatish va ekspluatatsiya qilish bo'yicha injiniring va tadqiqot ishlari majmuasini bajarish. Murakkab energetik tizimlarni boshqarish ko'nikmalarini egallash, tadqiqotlar o'tkazish, energetik va texnologik uskunalarni loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish va modernizatsiya qilishni amalga oshirish.









