Dastur haqida
“Xalqaro xususiy huquq va xalqaro biznes” magistrlik dasturi Xalqaro huquq institutida amalga oshiriladi va huquqshunoslikning eng murakkab va jadal rivojlanayotgan sohalaridan birida faoliyat yuritish uchun yuqori malakali ekspert-yuristlarni tayyorlashga qaratilgan. Magistrlik dasturi bitiruvchilarga kasbiy faoliyat olib borish va xalqaro tijorat shartnomalari, qo‘shib olish va birlashtirish bo‘yicha xalqaro bitimlarni huquqiy tartibga solish, xalqaro investitsion nizolarni hal etish kabi yo‘nalishlarda to‘liq huquqiy hamrohlikni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.







