Dastur haqida
Dasturining afzalligi uning amaliy yo‘naltirilganligida, kelajakdagi kasb tanlovidan qat’i nazar, har qanday sohada qo‘llaniladigan ko‘nikma va bilimlarni shakllantirishidadir. Ta’lim jarayonida olinadigan tajriba va kompetensiyalar hatto hayotini huquq sohasi bilan bog‘lashni rejalashtirmaganlar uchun ham foydali bo‘ladi. Sizni quyidagilar kutmoqda:
fuqarolik huquqi kafedrasining eng yaxshi o‘qituvchilari bilan doimiy hamkorlik, ular hal etilishi murakkab bo‘lgan keng doiradagi masalalarni tadqiq etish va muhokama qilishdan manfaatdor;
eng murakkab fanlar bo‘yicha fundamental va barqaror bilimlarni shakllantirish, bu keyinchalik ishga joylashishni osonlashtiradi.







