Dastur haqida
Dastur zamonaviy dasturiy ta’minotni loyihalash, ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, turli darajadagi tarmoq infratuzilmalarini samarali va xavfsiz boshqarish sohasida IT mutaxassislarini tayyorlashga yo‘naltirilgan. Dastur bitiruvchilarni axborot jarayonlarini formallashtirish va algoritmlashtirish usullarini ishlab chiqish hamda qo‘llashga, zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tahlil qilish va umumlashtirishga, shuningdek, amaliy informatikaning istiqbolli yo‘nalishlarini tadqiq etishga yo‘naltiradi.












