Dastur haqida
Dastur sun’iy intellektni qo‘llashning istiqbolli sohasiga o‘tishni istagan dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari va muhandislari, matematiklar hamda kompyuter fanlari mutaxassislari uchun mo‘ljallangan. Dastur uchta amaliy yo‘nalishga qaratilgan:
1) Mashinali o‘qitish va sun’iy intellekt algoritmlari hamda usullari;
2) Mashinali o‘qitish va sun’iy intellekt tizimlarini qo‘llashning turli sohalari (kompyuter ko‘rishi, tabiiy tilni qayta ishlash va vaqt qatorlarini tahlil qilish);
3) Mashinali o‘qitish va sun’iy intellekt tizimlarini yaratish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish (Python hamda biznes tahlili va amaliy ishlab chiqishning zamonaviy vositalari).












