Dastur haqida
Dastur turli obyektlarning sifatini buzmasdan nazorat qilish va diagnostika qilishning fizik asoslari, asboblari hamda usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu dasturni o‘zlashtirib, siz real ishlab chiqarish masalalarini hal qilishni o‘rganasiz: turli fizik maydonlar (magnit, elektr, akustik, radiatsion, issiqlik, optik va boshqalar) parametrlarini o‘lchash orqali nazorat qilinayotgan obyektdagi nuqsonlar (yoriqlar, g‘ovaklar, bo‘shliqlar, begona qo‘shilmalar, payvandlanmagan joylar va boshqalar) haqida qanday ma’lumot olish hamda uning sifati to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkinligini bilib olasiz.












