Dastur haqida
Ta’lim dasturi talabaga dasturiy ta’minot (DT) va umuman dasturlarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish hamda texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chuqur amaliy ko‘nikmalarni beradi. Dasturiy injiniring dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga an’anaviy muhandislikda qo‘llaniladigan jarayonga juda o‘xshash rasmiy jarayon sifatida yondashadi. Dasturiy ta’minot muhandislari ishni foydalanuvchilar ehtiyojlarini tahlil qilishdan boshlaydilar. Ular dasturiy ta’minotni ishlab chiqadilar, joriy etadilar, sifatini tekshiradilar va unga texnik xizmat ko‘rsatadilar.












