Dastur haqida
Dastur elektromexanik qurilmalar va nanoelektronika sohasida yaratish va tadqiq etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga qaratilgan. Dastur bitiruvchilari quyidagilar bo‘yicha tushuncha va bilimga ega bo‘ladilar: komponentlar va qurilmalarni yaratish hamda ishlab chiqarishning fizik va texnologik asoslari, zamonaviy dasturiy platformalardan foydalangan holda tahlil, sintez va modellashtirishning ixtisoslashgan usullari; boshqaruv, diagnostika va o‘lchov tizimlarini ishlab chiqishda, shuningdek tizimning sensor va interfeys qismlarini yaratishda olingan nazariy bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llash va joriy etish qobiliyati.










