Dastur haqida
Transport inshootlari va transport infratuzilmasi obyektlarini yer osti va yer usti joylarida texnik, ekologik va ijtimoiy xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda joylashtirish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish. Transport inshootlarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ekspluatatsiya qilishning nazariy va eksperimental usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish. Texnologiya va loyiha-qidiruv ishlarini tashkil etish. Transport inshootlariga (ularning texnik xususiyatlari va parametrlariga) va transport infratuzilmasi obyektlariga qo'yiladigan normativ talablarni asoslash masalalari.










