Dastur haqida
Magistrantlar aloqa va infokommunikatsiya tizimlarini ishlab chiqish, loyihalashtirish, qurish va xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan professional ko'nikmalarga ega bo'ladilar, ular zamonaviy jamiyatning barcha turdagi va ko'rinishdagi axborotni qayta ishlash, to'plash va saqlash bo'yicha o'sib borayotgan talablarini to'liq qondira oladi. Magistraturada o'qish jarayonida o'rganiladigan kurslar bevosita dunyo telekommunikatsiya va aloqa uskunalari bozorining ilg'or yetkazib beruvchilari va birinchi navbatda Huawei kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan eng ilg'or infokommunikatsiya texnologiyalari bilan bog'liq.









