Dastur haqida
Ushbu ta'lim dasturining maqsadi turli mulkchilik shakllari va iqtisodiyot tarmoqlaridagi tashkilotlarda hisoblash va axborot tizimlarining dasturiy ta'minotini loyihalash, joriy etish va boshqarish uchun yuqori malakali IT-mutaxassislarini tayyorlashdir. O'quv rejasi va fanlar mazmunida, maxsus mavzulardan tashqari, IT-sohasidagi asosiy texnologiyalar ham aks etadi, ularga mobil texnologiyalar, kiberxavfsizlik, audio-videoma'lumotlarni qayta ishlash va tanib olish, sun'iy intellekt texnologiyalari kiradi.










