Dastur haqida
Texnik ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar sifatini me’yoriy hujjatlar hamda texnik shartlar talablariga muvofiqligi bo‘yicha baholaydi. Texnologik jarayonlarning asosiy parametrlari, tayyor mahsulot, shuningdek, uni saqlash va tashish sharoitlarining me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qiladi. Ta’lim jarayonida talabalar texnik nazorat usul va vositalarini qo‘llashni, turli murakkablikdagi buyumlarni tayyorlash va yig‘ish sifatini baholashni, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan sabablarni tahlil qilishni hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni o‘rganadilar.











