Dastur haqida
Reklama bo‘yicha mutaxassis tovarlar va xizmatlarni reklama qilish maqsadida reklama strategiyalarini ishlab chiqadi, dizayn sohasida ijodiy g‘oyalar yaratadi; turli tayyorlash texnologiyalarini, jumladan, har xil materiallarga bosib chiqarish, video va fotosuratga olishni hisobga olgan holda reklama mahsulotlarining original-maketlarini tayyorlaydi; reklama mahsulotlarini loyihalash va ilgari surish, Internetda reklama joylashtirishda zamonaviy kompyuter va reklama texnologiyalaridan foydalanadi; Internet muhitida reklama mahsulotlarini joriy etish va qo‘llab-quvvatlash ishlarini bajaradi, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda ishlash uchun reklama vositalarini yaratadi.











