Dastur haqida
Dastur maqsadi – axborot texnologiyalari va tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish, joriy etish, qo‘llab-quvvatlash va tadqiq qilish sohasida yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni kompleks tayyorlash. Dastur bitiruvchilarining raqobatbardosh afzalliklari: • Axborot tizimlari va texnologiyalari sohasida chuqur tizimli bilimlar. • Turli sohalarda axborot tizimlari modellarini ishlab chiqish qobiliyati. • Biznesni avtomatlashtirish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalariga ega bo'lish. • Sun'iy intellekt sohasidagi usullar va vositalarni bilish.










