Dastur haqida
«Biologiya» yo‘nalishi tirik tizimlarning umumiy qonuniyatlari, ularning tuzilishi, funksiyalari, evolyutsiyasi va atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. Dastur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, laboratoriya sharoitida ishlash, tabiatni muhofaza qilish bilan shug‘ullanish va biologik bilimlarni tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va sanoat kabi turli sohalarda qo‘llash qobiliyatiga ega mutaxassislarni tayyorlaydi.





