Dastur haqida
«Iqtisodiyot» yo‘nalishi sizga istiqbolli va yuqori daromadli, mehnat bozorida doimo talab yuqori bo‘lgan kasbni egallash imkonini beradi.
Iqtisodchi — iqtisodiyot sohasidagi ekspert bo‘lib, uning asosiy vazifalari tashkilot faoliyati samaradorligini tahlil qilish, resurs salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish vositalarini ishlab chiqish hamda ichki va tashqi bozorlarda kompaniyaning raqobatbardoshligini oshirish strategiyasini shakllantirishdan iborat. Bu bozor kon’yunkturasi va rivojlanish tendensiyalari o‘zgargan sharoitda kompaniyaning uzoq muddatli barqaror faoliyat yuritishini ta’minlaydi.












