Dastur haqida
Sanoat qurilishi sanoat yoki ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq obyektlarni qurish yoki rekonstruksiya qilishni nazarda tutadi. Fuqarolik qurilishi ta’lim muassasalari, kutubxonalar, teatrlar, tibbiyot muassasalari, sport inshootlari, turar joylar, ma’muriy binolar va boshqa ko‘plab obyektlarni barpo etishga ixtisoslashadi. Shuni ta’kidlash joizki, turar joy binolarini qurish madaniyat va sog‘liqni saqlash muassasalari tarmoqlarini tashkil etish, shuningdek, obodonlashtirish sohasidagi shaharsozlik muammolarini hal etish bilan ham uyg‘unlashadi. Bugungi kunda istiqbolli yo‘nalishlardan biri tijorat binolarini barpo etishdir.












