Dastur haqida
Yaxshi dasturchi nafaqat IT yoki bank sohasida, balki qurilishda ham kerak! Chizmalar, loyihalar, maketlar, smetalar, ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash jarayonlari allaqachon raqamli muhitga o‘tib bo‘lgan va u yerdan qaytishni aslo istamaydi! Agar istiqbolli va yuqori daromadli kasb egallash haqida o‘ylayotgan bo‘lsangiz, «Axborot tizimlari va texnologiyalari» yo‘nalishini tanlang! Bitiruvchilarimiz istalgan sohada — banklar va veb-studiyalardan tortib qurilish tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot institutlarigacha — ishlashlari mumkin. Qiziqmi? Unda «Axborot tizimlari va texnologiyalari» yo‘nalishiga o‘qishga kiring!











