Dastur haqida
Quyma ishlab chiqarish mashinasozlik sanoatining yuragi bo‘lib, uning ishlash darajasi nafaqat ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga, balki mamlakatimiz korxonalarining umuman raqobatbardoshligiga ham ta’sir qiladi. Quymalar ishlab chiqarish hajmini oshirish, quyma detallarning mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilash, o‘z navbatida, mashina va uskunalar ishlab chiqaradigan hamda quyma detallarga buyurtma beradigan sanoat korxonalarining rivojlanishiga bog‘liq. Shu sababli sanoatni raqamli va axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish orqali yangi bosqichga olib chiqishga qodir bo‘lgan yuqori malakali quyuvchi mutaxassislarni tayyorlash mamlakat taraqqiyotining ustuvor vazifalaridan biridir.












