Dastur haqida
Menejment — ishlab chiqarishni boshqarish, uning samaradorligini oshirish va foydani ko‘paytirish maqsadida ishlab chiqarishni boshqarishning tamoyillari, usullari, vositalari va shakllari majmuidir. Menejerlar — u yoki bu tashkilotning tijorat faoliyati muvaffaqiyati bog‘liq bo‘lgan mutaxassislardir.
«Menejment» ta’lim yo‘nalishi sizga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan, qiziqarli va yaxshi haq to‘lanadigan mutaxassislikni egallash hamda har qanday tashkilotni samarali boshqarish imkonini beradi.











