Dastur haqida
Ushbu yo‘nalish axborot tizimlari, raqamli xizmatlar va muhim infratuzilmani kiberxavflardan himoya qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi. Talabalar axborotni himoya qilish texnologiyalari, xavfsizlik auditi, insidentlarni boshqarish, tarmoqlarni boshqarish, zaifliklarni aniqlash, raqamli kriminalistika va axborot xavfsizligi standartlarini o‘zlashtiradilar. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari (АСУ ТП), kiberfizik tizimlar va energetika obyektlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Ta’lim jarayonida hujumlarga qarshi kurashish, monitoring, proaktiv himoya va dasturiy ta’minotni xavfsiz ishlab chiqish usullari o‘rganiladi. Bitiruvchilar himoya tizimlarini loyihalaydi, xatarlarni boshqaradi, insidentlarni tekshiradi hamda davlat tashkilotlari va biznesning raqamli infratuzilmasi barqarorligini ta’minlaydi.












